O‘zbekistonning 4 hududida issiqlik rekordlari qayd etildi

O‘zbekistonning 4 hududida issiqlik rekordlari qayd etildi

30 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havoning maksimal harorati bo‘yicha avvalgi yillarda qayd etilgan ko‘rsatkichlar takrorlandi va ayrim joylarda yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Samarqand shahrida havo harorati 38 darajagacha ko‘tarilib, 1937 yilning 30 avgustida qayd etilgan ko‘rsatkichni takrorladi.

Sirdaryo viloyatida maksimal harorat 38,1 darajani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilda mazkur sanada qayd etilgan natijaga teng bo‘ldi.

Navoiy shahrida esa harorat 40,5 darajagacha ko‘tarildi. Bu 2010 yil 30 avgustda qayd etilgan 38 darajali ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lib, sana uchun yangi rekord qayd etildi.

Buxoro shahrida ham issiqlik 39,3 darajaga yetdi. Natijada 1945 yilda qayd etilgan mazkur sanadagi harorat ko‘rsatkichi takrorlandi.

Shu tariqa, 30 avgust kuni Samarqand, Sirdaryo va Buxoroda avvalgi yillardagi harorat ko‘rsatkichlari takrorlangan bo‘lsa, Navoiyda esa avvalgi rekord yangilandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar