O‘zbekistonda yaylovlardan o‘t o‘rish pulli bo‘ladimi? Qonunchilik palatasi izoh berdi

1 daqiqa o'qish9
O‘zbekistonda yaylovlardan o‘t o‘rish pulli bo‘ladimi? Qonunchilik palatasi izoh berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda yaylovlardan o‘t o‘rish uchun chipta sotib olish va pul to‘lash talab etilishi haqidagi xabarlar asossiz deb topildi.
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot kotibi G‘ulomjon Samadovga ko‘ra, muhokama qilinayotgan «Yaylovlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi aholiga qo‘shimcha moliyaviy yuklama yaratishni emas, balki yaylovlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘zlaydi.

12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yaylovlardan o‘t o‘rish uchun ham maxsus chipta sotib olish va pul to‘lash talab etilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot kotibi G‘ulomjon Samadov munosabat bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi o‘t o‘rish uchun ham chipta sotib olish kerak» mazmunidagi xabarlar asossiz.

Qayd etilishicha, Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan «Yaylovlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi aholi va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuklama yaratishni emas, balki yaylovlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Rasmiy izohda jamoat yaylovlarini aholiga bepul berish va ulardan tekin foydalanish tartibi belgilanayotgani ta’kidlangan.

Shu bilan birga, masalaning ayrim jihatlariga aniqlik kiritish zarur. Qonunchilik palatasi 10 noyabr kuni qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgan. Hujjatda yaylovlardan foydalanish uchun chipta mexanizmi ham nazarda tutilgan, biroq uning pulli yoki bepul bo‘lishi palataning rasmiy xabarida aniq ko‘rsatilmagan.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida esa loyiha tashabbuskori chipta pulli bo‘lishini aytgan. Prezidentning 2026 yil 14 oktyabrdagi qarorida tashkil etiladigan jamoat yaylovlaridan mahalliy aholi bepul foydalanishi belgilangan, ammo ushbu qarorda chipta mexanizmi nazarda tutilmagan.

Demak, qonun loyihasi hali yakuniy qabul qilinmagan. Yaylovlardan foydalanish, jumladan, o‘t va pichan o‘rish uchun chipta talab qilinishi hamda uning narxi qanday belgilanishi bo‘yicha yakuniy tartib hujjatning keyingi muhokamalari va qabul qilinadigan normalarga bog‘liq.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?