O‘zbekistonda 4 yilda 445 bola og‘ir zo‘ravonlikdan jabrlangan

1 daqiqa o'qish149
O‘zbekistonda 4 yilda 445 bola og‘ir zo‘ravonlikdan jabrlangan

O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan so‘nggi to‘rt yilda 445 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda 29 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Gulruh Agzamova ma’lum qildi.

Deputat keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda 85 ta, 2023 yilda 108 ta, 2024 yilda 129 ta va 2025 yilda 123 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yig‘ilishda bolalarni zo‘ravonlikning turli shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ham muhokama qilindi. Hujjatda voyaga yetmaganlarning huquqlarini kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda ayrim og‘ir jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan.

Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish, ularni so‘roq qilish jarayonini videoyozuvga qayd etish va bola manfaatlarini himoya qilishda vasiylik organlari ishtirokini ta’minlash taklif etilmoqda.

Qonun loyihasida ta’lim muassasalarida bolalar xavfsizligi, pedagoglar va ota-onalarning mas’uliyatini oshirishga doir normalar ham nazarda tutilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?