Namanganda sabzavot va poliz mahsulotlari o‘rniga qaytadan chigit ekildi

Prokuratura idorasi Namangan viloyatidagi fermerlar chigit o‘rniga boshqa ekinlar ekkanini aniqladi, deb yozmoqda Kun.uz.
“Huquq” nashrida yozilishicha, Pop tumanidagi “Jo‘rabek” fermer xo‘jaligi chigit qadash rejalashtirilgan 9 gektar maydonga kungaboqar, “Alomat Madinabonu” fermer xo‘jaligi 7 gektar erga poliz mahsulotlari, “Hamidjon Manazarov” fermer xo‘jaligi 4,7 gektar erga ziravor ko‘kat, “Ahror fayzli kelajak” fermer xo‘jaligi 3,5 gektar maydonga piyoz ekkan.
Qayd etilishicha, bu kabi holatlarni boshqa tumanlarda ham uchratish mumkin.
Namangan viloyati prokuraturasi vakili Ilhomjon Rahmonovning bildirishicha, chigit o‘rniga boshqa ekin ekkan fermer xo‘jaliklarida qaytadan chigit ekilishi ta’minlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing