5 mln tonnalik o‘lkan paxta hosilini yaratish uchun qo‘llanilgan innovatsion agrotexnologiyalar

5 mln tonnalik o‘lkan paxta hosilini yaratish uchun qo‘llanilgan innovatsion agrotexnologiyalar
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda 2026 yilda 5 mln tonnalik paxta hosilini yetishtirish uchun ekish sxemalari 76 sm qo‘shqator va yakkaqator usuliga o‘zgartirilib, ko‘chatlar soni gektariga 240 ming donagacha yetkazildi.
  • Hosildorlikni oshirish maqsadida 8 ta ilmiy asoslangan agrotexnik qonunlar joriy etilib, g‘o‘za parvarishida bor kislotasi, aspirin va kremniy o‘g‘itlari kabi innovatsion vositalar qo‘llanildi.

2026 yilda 5 mln tonnalik o‘lkan paxta hosilini yaratish uchun qo‘llanilgan innovatsion agrotexnologiyalar va imtiyozlar

1. Paxta yetishtirishda 90 sm va 60 sm ekish sxemalaridan to‘liq voz kechilib, 76 sm qo‘shqator va yakkaqator ekish sxemasiga o‘tildi.

2. 76x10 sm qo‘shqator ekish hisobiga ko‘chatlar soni gektariga 220-240 ming donaga, 76 sm sxemada ekish esa 160-180 ming donaga yetkazildi (oldin 1 gektarda 80-110 ming ko‘chat bo‘lgan).

76x10 sm qo‘shqator 670,7 ming ga (75%), 76 sm sxemada 218,8 ming ga (25%).

3. Respublika bo‘yicha jami 603,8 ming gektarga (68%) ko‘sak qurti va gerbitsidga chidamli xorijiy navlar hamda 285,7 ming gektarga (32%) tezpishar, tola sifati yuqori bo‘lgan mahalliy navlar ekildi.

4. Zamonaviy ilg‘or agrotexnologiya asosida paxta yetishtirishni kengaytirish maqsadida 305,2 ming gektar (o‘tgan yilga nisb. +124 ming ga ko‘p) maydonda “Shinjon” usulida chigit ekildi.

5. Paxtachilikda fermer va klasterlar tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan 8 ta muhim “qonun” ilmiy tavsiyalar asosida ishlab chiqilib, ushbu asosda paxta yetishtirildi.

1-ko‘chat qalinligi, 2-ekish sxemasi, 3-o‘simlikni boshqarish, 4-oziqlantirish, 5-g‘o‘zani pishirish, 6-himoya zonalarini tashkil etish, 7-dala madaniyatiga va qonunlarga rioya qilish, 8-ekologik toza dala.

6. Paxtani jazirama issiqda suvsizlikka va zararkunandalarga chidamliligini oshirish maqsadida bor kislotasi va aspirin, achitqi (droja) hamda kremniy o‘g‘iti bilan ishlov berildi.

7. G‘o‘zani to‘laqonli pishib yetilishini tezlashtirish va hosildorlikni oshirishda yangicha yondashuv asosida ilmiy asosda tizimli ravishda 3 bosqichda defoliatsiya va desikatsiya tadbirlari tashkil etildi.

1-bosqich — etefon bilan ishlov berish orqali g‘o‘zani  “qarish”ni jarayoni tezlashtirildi.

2-bosqich —yumshoq ta’sir etuvchi defoliantlar bilan defoliatsiya qilindi.

3-bosqich —qattiq ta’sir etuvchi preparatlar va desikant (dikvat+ion)lar bilan desikatsiya qilindi. Bunda ko‘saklarning to‘liq ochilishi jadallashdi hamda yaratilgan hosilni qisqa vaqt ichida yig‘ib olish imkoni yaratildi.

8. Paxtani mexanizatsiya yordamida terib olish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun joriy yilda 2,8 ming ta paxta terish mashinalari jalb etilib, paxta hosili bir martada terib olindi hamda terib olish muddati ikki oydan bir oyga qisqardi.

9. Joriy yilda paxtachilikda ilm-fan yutuqlarini joriy etish orqali hosildorlikni oshirish maqsadida 2025 yilda har gektaridan o‘rtacha
30 sentnerdan past hosil olgan 4 658 ta (shogird) paxta yetishtirgan femrerlarga yuqori hosildorlikka erishgan (50-60 s/ga) 946 ta ustozlik qilish tashabbusini bildirgan, tajribali va fidoyi klaster va fermer xo‘jaliklari (har 5 nafar shogirdga 1 ta ustoz) biriktirildi.

2026 yil paxta hosili uchun “Ustoz-shogird” an’anasi asosida tashkil etiladigan barcha agrotexnik tadbirlar “Raqamli qishloq xo‘jaligi” platformasida monitoringi yo‘lga qo‘yildi.

“Ustoz-shogird” an’anasi asosida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish maqsadida “ustoz”lar tomonidan “shogird”larga berilayotgan bilim va amaliy ko‘nikmalarni qayd etib borish uchun maxsus “Ustoz daftari” ishlab chiqildi.

Bunda, “Ustoz-shogird” an’anasi asosida paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli olib borilishini qayd etib borish hamda g‘o‘za maydonlarining holatidan kelib chiqib qo‘shimcha topshiriqlar berish hamda topshiriqning bajarilishi bo‘yicha natijalarini baholab borish imkoniyati yaratildi.

10. Paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlari o‘z vaqtida tizimli moliyalashtirish yo‘lga qo‘yildi. 2026 yil paxta hosili uchun 12 trln imtiyozli kreditlar ajratildi.

11. Fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 mln so‘mdan jami
2,4 trln  so‘m (+0,6 trln) subsidiya ajratildi.

 2024 yil hosilidan 2025 yilda 1,8 trln so‘m va 2025 yil hosilidan 2026 yilda  2,4 trln so‘mni tashkil etadi.

5 mln tonnalik o‘lkan paxta hosilini yaratish uchun qo‘llanilgan innovatsion agrotexnologiyalar

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar