Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti mamlakatning turizs salohiyati, sohadagi muammolar, istiqboldagi rejalar xususida ham to‘xtalib o‘tgan.
—Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Umarov (Baxtiyor Umarov nazarda tutilmoqda — tah.) tayinlandi. Men bu odamni bir yarim yildan beri ko‘p sohalarda sinab ko‘rdim. Bilimi bor, sadoqati bor, o‘zini qiynab ishlaydi. Turizm biz uchun lokomotiv soha, turizmga hamma rahbar yordam berishi kerak. Bizda 27 yilda turizm bo‘lmagan. Davlat yopiq bo‘lgan. Davlat yopiq bo‘lsa, qanday qilib turist keladi. Juda katta qarorlarga qo‘l qo‘ydik, lekin bugun zamon o‘zgaryapti, talab soat sayin o‘zgaryapti. Shuning uchun ham Umarovning oldiga juda katta masalalarni qo‘ydim. Bosh vazir ham bunga yordam beradi.
Turizm ertaga bizni boqadi. Mehmonxonalar, infratuzilma qilmasak bo‘lmaydi. Samarqandga yangi yo‘l qurmoqchimiz, ko‘p narsa qilmoqchimiz. Lekin bir yilda bo‘lmaydi. 27 yil qotib qolganmiz, hozir ko‘p joylarga e’lon berdik, ammo mehmon kutadigan sharoitimiz yo‘q, mehmonxona yo‘q. Shuni hamma bilishi kerak», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi