
Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston telekanallari orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevning hayotiga bag‘ishlangan «Janob Prezident» nomli hujjatli film namoyish etildi.
Filmda avvalo Prezidentning O‘zbekiston ichki siyosatida olib borgan islohotlari o‘rin olgan bo‘lib, odamlarni rozi qilib yashash shioriga asoslangan islohotlar haqida so‘z boradi.
Filmning ikkinchi qismida esa O‘zbekistonning tashqi siyosati o‘rin olgan. Qo‘shni davlatlar bilan mustahkam aloqalar, Rossiya, AQSh, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan iliq munosabatlar haqida hikoya qilinadi.
Filmning so‘nggi qismida esa Shavkat Mirziyoyev o‘z shaxsiy hayoti va oilasi haqida gapirgan. Umuman, bu filmni shunchaki ko‘rish kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar