
Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar avvalambor isteʼmolchilarchilarning huquqlari, davlat hamda jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Bunday amalga oshirilayotgan ishlardan xorijlik investorlar ham mamnun boʻlishmoqda.
Jumladan, 2018 yilning oktyabr oyida “Navoiyazot” AJ dan Singapur davlatining “Chinese Technological Solutions Ltd” kompaniyasiga mavjud boʻlgan 250 000 AQSH dollari miqdoridagi qarzdorlik MIB Navoiy shahar boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan undirib berildi.
“Chinese Technological Solutions Ltd” kompaniyasi direktori oʻz tashakkurnomasida, Byuro xodimlarining ishlariga omad tilab qolishini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar