Yaqin kelajakda O‘zbekiston yana 22 davlat uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.
«Hujjat loyihasi bor, u hozirgi vaqtda muhokama hamda muvofiqlashtirish jarayonida turibdi. Unga ko‘ra, vizasiz davlatlar soni 22 taga oshishi kerak, ya’ni hozirgi 18 ta davlatdan ro‘yxat 40 tagacha ko‘payishi lozim. Tabiiyki, buni faqatgina Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi hal qilmaydi. Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralar yo‘nalishi bo‘yicha muvofiqlashtiruv davom etmoqda», - dedi Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 10 oyida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 2 barobar oshib, qariyb 4,4 million kishini tashkil etdi. 2018 yilda 9 ta mamlakat fuqarolari uchun joriy etilgan vizasiz rejim bunda katta o‘rin tutdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?