O‘zbekistonliklar Rossiya Federatsiyasidan faqatgina biometrik pasport bo‘lganda chiqa olishadi

1 daqiqa o'qish8.5K
O‘zbekistonliklar Rossiya Federatsiyasidan faqatgina biometrik pasport bo‘lganda chiqa olishadi
O‘zbekistonliklar Rossiya Federasiyasidan faqatgina biometrik pasport bo‘lganda chiqa olishadi

2016 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya hududidan chiqish faqat O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti bo‘lgan taqdirdagina ijozat beriladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ma’lumotiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, Rossiya Federatsiyasi chegara xizmati eski namunadagi pasporti bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga aeroportlar, dengiz portlari, shuningdek, temir yo‘l va avtomobil transporti orqali chegaradan o‘tishga ijozat bermaydi.

Agarda O‘zbekiston fuqarosi eski namunadagi pasport bilan Rossiya chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lsa, u reysdan chiqarib yuboriladi va moddiy jarimaga tortiladi.

Milliy aviakompaniya yo‘lovchilarni Rossiya Federatsiyasi hududida aviachiptalar xarid qilishda faqat biometrik pasport mavjud bo‘lgandagina amalga oshirish bo‘yicha ogohlantirdi.

Eski namunadagi pasportga ega fuqarolar esa O‘zbekistonga qaytish uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasidan maxsus qaytish sertifikatini olishlari lozim.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?