O‘zbekistonda kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimi yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekistonning 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, 2023—2026 yillar uchun O‘zbekistonning kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqiladi. Bunda «uz» domen zonasi internet-makonining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi. Elektron hukumat, energetika, raqamli iqtisodiyot tizimlari va muhim axborot infratuzilmasiga taalluqli boshqa yo‘nalishlarni himoya qilish bo‘yicha kompleks vazifalar tuzib chiqiladi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimi takomillashtiriladi. Bu orqali kiberxavfsizlik yagona tarmog‘ining texnik infratuzilmasi kengaytiriladi. «Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki» faoliyatini yanada jadallashtirish rejalashtirilgan.
IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari negizida yoshlarni kiberxavfsizlik asoslari bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash hamda har yili talaba va o‘quvchilar orasida kiberhujumlar aniqlash bo‘yicha respublika miqyosida konkurslar o‘tkazish nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi