
Foto: Milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmati
Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish maqsadida tashkil etilgan «Olimpik» futbol klubiga yangi rahbar tayinlandi.
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov «Olimpik» klubi prezidenti sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Saken Po‘latov o‘zining «Lokomotiv» klubidagi faoliyati bilan futbol sohasida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U «temir yo‘lchilar» bilan 3 bor mamlakat chempionligini (2016, 2017, 2018) qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yana 3 marta O‘zbekiston Kubogi (2014, 2017,2018) bahslarida g‘alaba qozongan. Jamoa uning boshqaruvida 2016 yil Osiyo Chempionlar Ligasida chorak finalgacha yetib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar