23:59 / 03.08.2022
1 348

Denis Korostichenko: "Futbolchilarim o‘zlarini o‘yinga bahsh eta olishdi"

Denis Korostichenko: "Futbolchilarim o‘zlarini o‘yinga bahsh eta olishdi"
Superliganing 14-turi doirasida "Qizilqum"ga qarshi bahsdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Barcha muxlislarni, klubdagilarni g‘alaba bilan tabriklayman. Muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdik. O‘yin kutilganidek qiyin o‘tdi. Birinchi bo‘limni biz to‘liq nazorat qildik. To‘p uchun yaxshi kurashdik, bizda ustunlik bor edi. Ikkinchi bo‘limda esa tajribali futbolchilari bor "Qizilqum" temp qo‘sha oldi. Shu sababli ba’zi vaqtlarda himoyalanishga ham to‘g‘ri keldi. Yigitlarimga rahmat aytaman. Bugun ular o‘zlarini o‘yinga bahsh eta olishdi. Barchasi yuqori darajada bo‘ldi. Harakat qilishdi, kurashishdi, sabr qilishdi. Va mana shu sabr ularga g‘alaba keltirdi. Barchani yana bir bor g‘alaba bilan tabriklayman. Klubdagi barcha ishchilar ham bu yo‘lda katta mehnat qilishdi. Bugungi qo‘llab-quvvatlov uchun esa muxlislarga katta rahmat. Ular doimo bizga dalda bo‘lib turishdi. Barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman.

- Jasur Jaloliddinovning o‘yinini qanday baholaysiz?
- U birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdi. Ayrim vaziyatlarda u raqib taktikasini buzib tashladi. Shu sababli ikkinchi bo‘limda unga qarshi zich o‘ynashdi. Raqib Jasurga o‘z yarim maydonida to‘p bermaslikka harakat qildi. Shu boisdan biz yana qanotlar bilan o‘ynashga harakat qildik va himoyani kuchaytirdik. Bunday paytda Jasur boshqa paytdagidan ko‘ra unchalik xavfli bo‘lmaydi. Shunda ham u ko‘p bora yaxshi paslar amalga oshirib berdi. Uning o‘yinidan qoniqdim. Biroq u hali yana qo‘shishi kerak.

- Muxlisdan kelgan savol: nega "Lokomotiv" futbolchilari uzoqdan juda kam zarba berishadi?
- Menimcha hozir hamma jamoalar ham uzoqdan zarba bermayapti. Mashg‘ulotlarda biz futbolchilarga uzoqdan zarba bermaslik kerak deb aytmaymiz. Mashg‘ulotlarda bu borada ko‘p ishlaymiz. O‘yindan oldingi ko‘rsatmalarda ham imkoniyat bo‘lsa tepish kerakligini tushuntiramiz. 30 metr bo‘lsa ham, 15 metr bo‘lsa ham. Zarba berilmayaptimi, demak imkoniyat bo‘lmayapti. Ha, tepsa bo‘ladi. Masalan zarba berilsa, himoyachi to‘pga blok qo‘ysa, qarshi hujum bo‘lib ketishi mumkin. Shu sababli yigitlar ham xato qilmaslikni istashadi. Futbolchilar yaxshi hududa bo‘lsa tepishadi, albatta.

- Manuchehr Safarov aslida o‘ng qanot himoyachisi. Nima sababdan u qanot yarim himoyasida o‘ynadi?
- U juda faol futbolchi. Bilsangiz, u "Istiqlol"da qanotda lateral futbolchi sifatida o‘ynagan. Bu uning uchun odatiy pozitsiya. U orqali biz qanot himoyamizni kuchaytira oldik. U paslar berib, tezda ortga ham qaytib oladi. Hujumda ham yomon harakat qilmadi. Menimcha u bu joyda o‘ynashga qiynalmaydi. Hozircha u o‘zining optimal holatida emas. Biz Ivan Nagayevning ham, Anvar Alijonovning ham qo‘shishini istaymiz. Fikrimcha ko‘p narsa taktik rejaga bog‘liq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Korostichenko: "Futbolchilarim o‘zlarini o‘yinga bahsh eta olishdi"