23:37 / 24.10.2022
1 239

Denis Korostichenko: "Lokomotiv"ni Superligada olib qolishga ishonch bilan ayta olmayman"

Denis Korostichenko: "Lokomotiv"ni Superligada olib qolishga ishonch bilan ayta olmayman"
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular juda muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Chunki chempionlik uchun kurashmoqda. Motivatsiya yetarli edi. "Paxtakor" tarkibidagi yuqori saviyali futbolchilar natijaga ta’sir ko‘rsata olishdi. O‘yin tomonlama yomon ko‘rinmadik. Vaziyatlar yaratdik. Biroq raqib o‘z vaziyatlaridan foydalandi. "Lokomotiv"da aksi kuzatildi. O‘yindan so‘ng yana tahlil qilamiz, - deb gapni boshladi Korostichenko.

- Sizningcha Islom Qobilov jamoaning asosiy futbolchisimi? Chunki u o‘tgan yili deyarli 50 foiz golga olib kelgan xatolarga yo‘l qo‘ygan, natijaga ta’sir qilgandi. Bu yil ham shunday holat qayd etilmoqda. Buni qanday baholaysiz?
- Albatta xatolar bor. Markaziy himoya shunday ampluaki, kamroq xato qilishingiz kerak. Islom hozir asosiy himoyachimiz. Mashg‘ulotlarda kuzatamiz. Ayni paytda uning darajasidagi o‘rinbosar futbolchi yo‘q. Natijaga ta’sir qiladigan xatolari bo‘lib turadigan holat.

- Lekin har bir o‘yinda xato qilyapti...
- Futbolda hammasi bir-biriga bog‘liq. Xatoni bitta futbolchi qilmaydi. Ungacha bo‘lgan jarayonni ham ko‘rish kerak. Kimdir ulgurmaydi. Xato hujumchilardan, yarim himoyachilardan boshlanishi mumkin. Birinchi golda vaziyatni to‘liq ko‘ra olmadim. Hammasini bafurja tahlil qilamiz.

- Jerome Etame bugun ham avvalgi uchrashuvlarda bo‘lgani kabi yuz foizlik vaziyatlardan foydalana olmayapti... Bugun shunday 100 foizlik vaziyatdan sakkizinchisi bo‘ldi.
- Jerom jamoaga bu yil kelib qo‘shildi. "Yangiyer"dan oldik uni. Superligada birinchi marotaba o‘ynamoqda. Salohiyati bor. Kuchli tomonlari yetarli. Vaziyatlardan foydalana olmayapti. Afrikalik futbolchilarning ko‘pchiligida shunday. Aynan oxirgi nuqtada ikkilanishadi.

- Yurgen Klopp va "Liverpul" haqida...
- Klopp emas "Liverpul"ga 15 yildan beri muxlisman. Kloppning "Liverpul"ga kelganidan xursand bo‘lganman.

- Qizig‘i ikkingizni jamoangizda natijalar yaxshi emas...
- Mavsum oxirida ko‘ramiz. Kimda qanday natija bo‘lishini bilib olamiz.

- Aniq javob bersangiz. "Lokomotiv"ni Superligada olib qolishga qanchalik ishonmoqdasiz?
- Katta ishonch bilan ayta olmayman. Oldinda bizni chempionlik uchun kurashayotgan va OFK kubogida o‘ynagan jamoalarga qarshi o‘yinlar kutyapti. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

- Oldingizda aniq vazifa qo‘yilganmi?
- "Lokomotiv"ni Superligada olib qolishimiz kerak.

- Ali Abdurahmonovni bugun zaxiradan maydonga tushganini ko‘rdik. Uning salohiyatini qanday baholaysiz?
- Mavsum boshida Igor Chikrizov, Ali Abdurahmonov bor edi. Ulardan foydalanishga harakat qildik. Ali asosiy tarkibga hali tayyor emasdi. Qaysidir joyda yomon ko‘rinmadi. Yosh futbolchida o‘tish davri bo‘ladi. Aliga o‘rinbosarlar tarkibida ko‘proq o‘yin amaliyoti berdik. Gollar ura boshladi, o‘yinga qo‘shdi. Bugun haqiqatdan ham o‘zini ko‘rsatdi. U yana o‘sadi.

- Jasur Jaloliddinov haqida...
- Jasur har bir o‘yinda katta xohish bilan o‘ynaydiyu Olimpiya terma jamoasi sardori. Yetakchilik qobiliyati bor. Maydonda hissiyotlar ko‘p sarflaydi. Natijada qizil kartochka oladi. U iqtidorli futbolchi. Balki oxirgi o‘yinlarda jamoamizga yordam berar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Korostichenko: "Lokomotiv"ni Superligada olib qolishga ishonch bilan ayta olmayman"