Vadim Abramov: «VAR xatosi va charchoq sabab «Lokomotiv»ga yutqazdik»

2 daqiqa o'qish154
Vadim Abramov: «VAR xatosi va charchoq sabab «Lokomotiv»ga yutqazdik»
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Vadim Abramov «Dinamo»ning «Lokomotiv»ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishiga jamoaning charchagani, diqqat susaygani va pozitsion xatolar sabab bo‘lganini aytdi.
  • U «Lokomotiv»da tiklanish uchun ikki kun ko‘proq vaqt bo‘lganini ta’kidlab, VAR qarorlari ba’zan yordam berib, ba’zan zarar keltirishini bildirdi.

O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» — «Dinamo» (2:1) bahsidan so‘ng Samarqand klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotda tajribali mutaxassis mag‘lubiyat sabablari, VAR qarorlari, transferlar va jamoadagi moliyaviy vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

«Chigalyozdi mashqlari paytidayoq jamoa o‘yinga tayyor emasligi bilindi»

Vadim Abramov mag‘lubiyat haqqoniy bo‘lganini yashirib o‘tirmadi va futbolchilarda jismoniy charchoq yuqori bo‘lganini ta’kidladi:

"Haqqoniy mag‘lubiyat bo‘ldi. Afsuski, birinchi bo‘limdayoq kuchimiz yetishmayotgani sezildi. Buni hatto chigalyozdi mashqlari paytida ham ko‘rish mumkin edi — jamoa bu o‘yinga to‘liq tayyor emasligi bilinib turardi.

Darvozabonning xatosi evaziga hisobni ochdik. Ammo keyin o‘zimizning juda oddiy va pozitsion xatolarimiz tufayli ikkita gol o‘tkazib yubordik. Charchoq va diqqatning susayishi o‘z so‘zini aytdi. «Lokomotiv»ga g‘alaba muborak bo‘lsin, ularda tiklanish uchun bizga nisbatan ikki kun ko‘proq vaqt bor edi."

VAR haqida: «Ba’zan yordam beradi, ba’zan zararingga ishlaydi»

So‘ndirilgan gol va bahsli vaziyatlar haqida gapirar ekan, Abramov hakamlik qarorlariga munosabat bildirdi:

"Ikkinchi bo‘limda gol urdik, lekin bekor qilishdi. Avval darvozabonga nisbatan qoidabuzarlikni tekshirishdi, keyin u yo‘qligini aytib, to‘p qo‘lga tekkanini topishdi. Ammo 83-daqiqada «Lokomotiv» himoyachisi xavfli hujumimizni qo‘li bilan to‘xtatdi va VAR buni ko‘rmadi. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi — VAR ba’zan yordam beradi, ba’zan zararingga ishlaydi."

Qarzlar, transfer oynasi va «Paxtakor» bilan kelishuv

Samarqand klubidagi so‘nggi yangiliklar bo‘yicha murabbiy muhim tafsilotlarni ochiqladi:

  • Maoshlar va qarzdorlik: "Rahbariyatga rahmat, futbolchilar oldidagi qarzlarning asosiy qismi to‘landi. Mayda qarzlar qolgan va ular ham yaqin orada hal bo‘ladi. FIFA sanksiyalari xavfi yo‘q, legionerlar bilan hamma masalani kelishib olganmiz."

  • Rustam Turdimurodov transferi: "«Paxtakor» bilan kelishuvga erishdik. Endi hammasi futbolchining o‘z qaroriga bog‘liq — Samarqandga kelishni istaydimi yoki yo‘q."

  • Hujumdagi tanqislik: "Ro‘yxatga olish oynasi yopilishiga uch kun qoldi. Hojimirzayev va Amonovning jarohati, shuningdek, yoshlar termasiga chaqiruvlar sabab hujum chizig‘imizda kadrlar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin, shu bois tarkibni kuchaytirish ustida ishlayapmiz."

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?