900
Boks. Lazizbek Mullajonov Kunkabayevni yengib, Osiyo chempioniga aylandi, Ja’farovda ham oltin
Foto: Boks federatsiyasi
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari 12 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
-75 kg vazn toifasi vakili Saidjamshid Ja’farov finalda Qozog‘iston vakili Nurqanat Rayis ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, oltin medalga ega chiqdi.
Odiljon Aslonov (80 kg) mezbonlar vakili Husseyn Eyshayshga yutqazib qo‘ydi. Madiyor Saidrahimov (92 kg) esa qozog‘istonlik Aybek Oralbayga yengilib, kumush medalga ega chiqdi.
Super og‘ir vazn toifasida harakat qilgan Lazizbek Mullajonov qozog‘istonlik tajribali Kamshibek Kunkabayevga qarshi ringga chiqdi. Unda Mullajonov g‘alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi.
Shuningdek, Hasanboy Do‘stmatov, Abdumalik Halokov va Ruslan Abdullayev o‘z janglarida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo chempionatida 5 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza bilan yakunladi.
Hasanboy Do‘stmatov1, Abdumalik Halokov1, Saidjamshid Ja’farov1, Lazizbek Mullajonov1 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?