Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi debyut jangida yengilmas raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi (video)
AQSHning Las-Vegas shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 2 iyul tongida UFC musobaqasi o‘tkazildi.
UFC Vegas 76 musobaqasining asosiy kardida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Nursulton Ro‘ziboyev (36-8-2) jang qildi. Unga Braziliya vakili Bruno Ferreyra (10-1) raqib bo‘ldi.
Nursulton jangning birinchi raundidayoq raqibini kuchli zarba bilan nokautga uchratdi va muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Ro‘ziboyev UFC promoushenidagi debyutini muvaffaqiyatli boshladi.
O‘zbekistonlik sportchi faoliyatidagi 36-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ferreyra esa MMA'dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Ro‘ziboyev UFC bilan 21 iyun kuni shartnoma imzoladi va qisqa muddat ichida jang qilishiga to‘g‘ri keldi. Ushbu MMA oqshomida Ferreyraga Abdulrazzoq Alhassan (12-5) raqib bo‘lishi rejalashtirilgandi, biroq yakkakurashchi jarohat sabab safdan chiqdi va uning o‘rnini Nursulton egalladi.
Nursulton Ro‘ziboyev, UFC, debyut jangi, nokaut, Bruno Ferreyra “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring