Sanjar Tursunov «Vorskla» bilan safarda «Dinamo» Kiyevni yengishdi
1 daqiqa o'qish5.4K


Ukraina chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Dinamo" Kiev hamda "Vorskla" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga yakun yasaldi.
Ushbu uchrashuvda "Vorskla" 0:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Uchrashuv mehmonlarning ustunligi ostida boshlandi va bu ustunlik o‘yinning 15-daqiqasida Yuriy Kolomoets tomonidan kiritilgan gol bilan hisobda o‘z aksini topdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida, aniqrog‘i 70-daqiqada yana o‘sha Kolomets raqib darvozasini ishg‘ol etdi va jamoasining g‘alabasini mustahkamlab qo‘ydi. Shu tariqa "Vorskala" so‘ngi besh yillikda ilk bor safardan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.
Avvalroq hamyurtimiz Sanjar Tursunov Qatarning "Um-Salal"idan "Vorskla"ga ko‘chib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Bugun u uchrashuv qaydnomasiga kiritildi va o‘yinda zahiradan maydonga tushdi.
"Dinamo" — "Vorskla" 0:2
Gollar: Kolomoets, 15, 70
Dinamo: Shovkovskiy — Morozyuk, Silva, Vida, Antunesh — Garmash, Korzun (Fedorchuk, 73), Buyalskiy (Gladkiy, 66) — Yarmolenko, Moraes, Gromov (Gusev, 58)
Vorskla: Nepogodov – Perduta (Tursunov, 72), Dityatyev, Pilyavskiy, Rebenok — Kravchenko, Chesnakov — Kobaxidze, Tkachuk, Bartulovich – Kolomoets (Zagorulko, 84)
Ogohlantirishlar: Moraes, Yarmolenko – Kravchenko, Chesnakov.
Manba: Sports.uz
- #Ukraina Chempionati
- #Dinamo Kiev
- #Vorskla Jamoalari
- #Uchrashuv Yakuni
- #tur
- #Futbol O‘yinlari
- #Sport Tadbirlari
- #Jamoaviy O‘yinlar
- #Musobaqa Natijalari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…