Keyingi yillarda Yevropaning qator taniqli futbolchilari va murabbiylarini jalb qilib kelayotgan Turkiya Superligasi dunyoning eng kuchli ligalaridan biriga aylanib bormoqda.
Turk futbolida legionerlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jami 19 ta jamoa ishtirok etayotgan yuqori divizionda 608 ta futbolchi qaydnomadan o‘tkazilgan bo‘lsa, shulardan 42,8 foizi, ya’ni 260 nafari xorijlik charm to‘p ustalaridir.
Ayni paytda Superligada yetmishta davlat vakillari to‘p tepayotgan bo‘lsa, ular orasida Osiyo futboli tarbiyalanuvchilari ham bor. Xususan, turklar Osiyo qit’asidan ancha kam – faqat O‘zbekistondan uchta, Erondan ikkita, Yaponiya va Xitoydan bir nafardan futbolchi jalb qilgan xolos.
Qardosh yurtda o‘ynayotgan hamyurtlarimizdan Husniddin Aliqulovning ishlari ancha yurishib ketdi. 25 yoshli legionerimiz markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, dastlabki ikki turda raqiblar darvozasiga bir juft to‘p kiritdi. Uning gollari “Rizespor”ga to‘rt ochko keltirdi.
2024 yilning boshidan beri “Sivasspor” sharafini himoya qilayotgan Azizbek Turg‘unboyev universal o‘yinchi sifatida jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylangan. 30 yoshli tajribali futbolchimiz yangi mavsumning har ikki uchrashuvida maydonga tushib, jamoasining to‘rt ochko jamg‘arishiga ko‘makchi bo‘ldi.
Turkiya Superligasidagi eng tajribali legionerimiz Otabek Shukurovning jamoa tanlashda biroz ishlari yurishmayapti.
Otabek Turkiyaga 2022 yili yozda kelgan. Yurtimizda “Mash’al” va “Bunyodkor”da o‘ynaganidan keyin 2018 yili Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharcha” klubiga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi arablar yurtida to‘rt yil o‘ynaganidan keyin “Fotih Karagyumryuk” jamoasiga transfer qilindi.
O‘tgan mavsumning birinchi yarmida bu jamoa bilan shartnomani bekor qilgan 28 yoshli futbolchi 2024 yil boshida “Kayserispor” safiga qo‘shilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Shukurov yana jamoasini almashtiradigan bo‘lyapti. Xususan, demokratkocaeli.com sayti jurnalisti Metin Tunjayning yozishicha, o‘zbek legionerini Turkiyaning boshqa jamoasi – “Kojaelispor”ga taklif qilishgan.
- Transfer oynasi oxirlab qolayotgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar davom etmoqda. “Kojaelisport” yarim himoyachi va o‘ng qanot hujumchisini olmoqchi edi. Jamoaga futbol agentlari orqali o‘yinchilar taklif qilinmoqda.
Jumladan, “Kojaelispor”ga ayni paytga qadar “Kayserispor”da o‘ynab kelgan yarim himoyachi Otabek Shukurovni olishni tavsiya qilishdi. Bu futbolchi “Kayserispor”dagi holatidan norozi.
Jamoa bosh murabbiyi Ertugrul Sog‘lom Shukurovni transfer qilish bo‘yicha yakuniy qarorini “Erzurumspor” bilan bo‘ladigan uchinchi tur uchrashuvidan keyin ma’lum qilishini aytdi, - deb yozdi Metin Tunjay.
Ta’kidlash joizki, “Kojaelispor” hozir birinchi ligada ishtirok etmoqda va Superligaga chiqish uchun kurashayotgan jamoalardan hisoblanadi.
Otabek Shukurov faoliyati davomida klublar miqyosida 272 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol hamda 14 ta assist muallifi bo‘lgan.
Tajribaliya yarim himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida xalqaro miqyosda 69 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi