
O‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov faoliyatini Saudiyaning “Al-Fayha” klubida davom ettiradi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

Foto: “Al-Fayha”
Saudiyaliklar Shukurov uchun “Kayserispor” jamoasiga 400 ming yevro to‘lab beradi. Otabek yangi jamoasi bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Shukurov qishda “Kayserispor” bilan bitim imzolagandi. Undan oldin esa Turkiyaning boshqa bir jamoasi “Fotih Karagyumruk” safida to‘p surgandi.
28 yoshli futbolchi professional faoliyatini 2014 yilda “Mash’al” klubida boshlagan. Undan tashqari “Bunyodkor”, “Buxoro” va “Sharja” klublari sharafini ham himoya qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar