
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida BAAni minimal hisobda mag‘lub etdi.
O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Otabek Shukurov o‘yindan keyin kichik intervyu berdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz juda ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz, ammo gol ura olmayapmiz. Bu menimcha bosim bilan bog‘liq. Har bir o‘yin juda qiyin o‘tmoqda, lekin har bir olinayotgan ochkolar bizni Jahon chempionatiga yaqinlashtirmoqda. Shu bois muxlislardan bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini so‘rab qolardim. Biz Jahon chempionatiga chiqishga qodirmiz", - deydi Otabek Shukurov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar