10:56 / 17.10.2024
38

Murodjon Ahmadaliyev IBF'ga shikoyat bilan chiqdi va Naoya Inouega murojaat qildi

Murodjon Ahmadaliyev IBF'ga shikoyat bilan chiqdi va Naoya Inouega murojaat qildi
O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue bilan bo‘layotgan munozaralarga oydinlik kiritdi.

“Biz bu reklama takliflariga, Sem Gudman Inouening navbatdagi raqibi bo‘lishiga qarshimiz. Murodjon Ahmadaliyev uzoq vaqtdan beri WBA chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib kelgan va buyruqqa ko‘ra, Naoyaning keyingi jangi WBA kamari uchun majburiy da’vogar bilan bo‘lishi kerak.

Biz WBA'dan majburiy himoya jangini tashkil qilishini talab qildik. Biz tahdid qilmoqchi emasmiz, lekin janob Inoue WBA'ning majburiy himoyasidan qochishga harakat qilsa, biz qonuniy choralar ko‘ramiz.

Agar janob Inoue WBA chempionlik unvonidan voz kechmoqchi bo‘lsa, biz uning Ahmadaliyevdan boshqasi bilan jang qilishiga to‘sqinlik qilmaymiz, lekin biz hozir sodir bo‘layotgan voqealarga qarshimiz. Kimdir yoki biror tashkilot janob Ahmadaliyevning huquqlarini poymol etayotganiga qarshimiz
”, deb yozdi Inglish.

Avvalroq Murodjon Ahmadaliyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yaponiyalik jahon chempionini qochib yurmaslikka chaqirgan edi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli yaponiyalik Naoya Inoue ayni paytda ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA, WBC, WBO hamda IBF kamarlari sohibi hisoblanadi.

Murodjon Ahmadaliyev esa uning WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turibdi. Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doxeni bilan jang qilib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.

Murodjon Ahmadaliyev, IBF'ga shikoyat, Naoya Inoue, Murojaat qildi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev IBF'ga shikoyat bilan chiqdi va Naoya Inouega murojaat qildi