Ma'lumki, Samarqandning “Dinamo” klubi qishki tayyorgarlik va shu bilan birga selektsiya ishlarini ham olib boryapti. Bosh murabbiy Vadim Abramov yangi oʻyinchilarni taklif qilishdan tashqari oʻtgan yilgi tarkibda oʻynaganlardan bu yil ham ishonch bildirayotganlarini saqlab qolish harakatida yuribdi. Ana shunday futbolchilardan biri Jahongir Oʻrozov.
Xabaringiz boʻlsa kerak, 18 yanvar kuni 21 yoshni qarshi oladigan futbolchi oʻtgan mavsumda “Dinamo”da ijara hisobida toʻp surdi. Huquqiy tomondan esa Turkiyaning “Eyupspor” jamoasiga tegishli hisoblanadi. Chempionat tugaganidan keyin uning masalasi tabiiyki, yana turk klubi bilan hal qilinishi lozim edi. Bu borada “Dinamo” yana futbolchining menejeri bilan muzokaralarga kirishdi.
Rosti, Oʻrozov uchun kurashda yana yangi variantlar ham paydo boʻldi va ayniqsa Portugaliya Superligasi jamoalari Jahongirning iste'dodini payqab qolgan holda unga koʻz tika boshladilar. Shu bois “Dinamo” uchun bu futbolchini tarkibda saqlab qolish oson jarayon emasdi. Lekin yakunda tomonlar yana bir toʻxtamga keldilar. Qolaversa, uning oʻziga ham Samarqandda toʻp surish ancha manzur keldi va yanada oʻsishi uchun imkoniyati kattaligini his qildi. Uning maqsadi albatta Evropada toʻp surish hamda bu istagiga vaqti kelib albatta erishishiga ishonmoqda.
Darhaqiqat, “Dinamo” Oʻrozov bilan barcha masalani kelishib qoʻydi. Faqat turk klubining roziligini olish qoldi, xolos. “Dinamo” uni yo sotib oladi yoki ijara evaziga qoʻlga kiritadi. Asosiysi, 2025 yilni ham futbolchi samarqandliklar safida oʻtkazadi. Vadim Abramov uni jamoada asosiy figuralardan biri sifatida koʻrmoqda.
2025 yil Oʻrozov uchun muhim ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoqda. U Abramov qoʻl ostida yanada porlashi katta ehtimol. Uni kelajagi porloq va shu bois ham murabbiy Jahongirni qanday boʻlmasin jamoada olib qolish uchun kurashdi va bunga erishdi.
Bundan tashqari, futbolchi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ustozi Srechko Katanesning e'tiboriga ham tushib qoldi. Natijada 20 yanvarda boshlanadigan terma jamoamizning yangi yildagi ilk yigʻiniga chaqiruv oldi. Agar Jahongir termada ham oʻz iste'dodini koʻrsata olsa, Abduqodir Husanov bilan himoyada ishonchli tandem boʻlishi shubhasiz. Bu esa bizga yana yangi iqtidorni kashf etilayotganini koʻrsatib beradi. Asosiysi, Jahongirga ishonch bildirilsa va u oʻz ustida ishlashda davom etsa, shubhasiz futbolchini yorqin kelajak kutyapti. Aks holda Abramov uni “Dinamo”da olib qolish uchun bunchalik kurashmagan boʻlardi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda COVID'ga oʻxshash virus tarqalmoqda (video)
Litsenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga chora koʻrildi
Sanepidqoʻmita metapnevmovirus infektsiyasi toʻgʻrisida ma'lumot berdi
Qanday qilib 21 yoshli Abbosbek Fayzullayev RPL yulduziga aylandi?
"Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Navoiy viloyatida Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi
Ozarboyjon va Armaniston chegara boʻyicha yangi muzokaralarni boshlaydi
Abduqodir Husanovning yoʻqligi "Lans"ga magʻlubiyat olib keldi