
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov jarohat oldi.
Masharipov Eron professional ligasida oʻtkazilgan «Istiqlol» va “Shams Azar” jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ammo oʻyinning 5-daqiqasidayoq futbolchi jarohat olib, maydonni nogironlar aravachasida tark etishga majbur boʻldi.
Hozircha futbolchining jarohati haqida rasmiy ma'lumot berilmagan. Uning jarohat darajasi tibbiy koʻrikdan soʻng aniqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Jaloliddin Masharipov Oʻzbekiston milliy terma jamoasining etakchilaridan biri hisoblanadi. U jamoa sardorlaridan biri sifatida uzoq yillardan buyon mamlakat sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar