13:51 / 23.01.2025
3 141

Timur Kapadze: "Bizga vazifa berildi va buni bajarishimiz kerak!"

Timur Kapadze: "Bizga vazifa berildi va buni bajarishimiz kerak!"
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Dohaga etib kelib, jamoa bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi. "Oq boʻrilar"ning yangi ustozi boʻlajak oʻyinlar va rejalar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda Srechko Katanesga sogʻlik tilayman. Hammamiz Srechkoni oxirigacha olib borishini hohlardik. Ammo bu qoʻlimizda emas, sogʻlik birinchi oʻrinda. Menga keladigan boʻlsak, kecha rahbariyat tomonidan meni nomzodim tasdiqlandi. Men uchun terma jamoa begona emas. Bu libosni koʻp yillar davomida himoya qilganmiz. Bundan tashqari, ham murabbiy, ham yordamchi murabbiy boʻlib ishlaganman. Shuning uchun, terma jamoa har doim men uchun ustun turgan.

Biz askarmiz. Bizga vazifa berildi va buni bajarishimiz kerak. Mana, keldik va birinchi kundan kirishib ketdik. Murabbiylar shtabi bilan ham, futbolchilar bilan ham gaplashdik. Ushbu yigʻin ajoyib oʻtadi. Yangi futbolchilar bor va ularni ham sinovdan oʻtkazamiz.

Bizda FIFA kunlarida muhim ikkita uchrashuv bor va unga yaxshi tayyorgarlik koʻramiz. Oz muddat qoldi va eng asosiysi bolalar sogʻ, formada kelishsin. Oldimizga Jahon chempionatiga chiqish vazifasi qoʻyilgan. Bu vazifani bajarishga harakat qilamiz. Buyogʻiga har bir oʻyin muhim, bosimi katta va qiyin boʻladi.

Oʻylaymanki, Jahon chempionatiga chiqishga futbolchilarning mahorati ham, kuchi ham, qobiliyati ham etadi. Muxlislarimizning qoʻllab-quvvatlashi ham muhim rol oʻynaydi. Birgalikda biz katta kuchga aylanamiz", - dedi Kapadze.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport