Brayan Riaskos "Paxtakor"ning navbatdagi legioneriga aylandi.
"1994 yil Kolumbiyada tavallud topgan Riaskos Oʻzbekistonga Xitoyning "Tsindao Vest Kost" jamoasidan tashrif buyurdi. Chin yurtida 16 ta oʻyinda 6 ta gol urgan hujumchi klubimizda 94-raqamda oʻynaydi.
Faoliyati davomida "Gaziantep", "Metallist", "Nasonal" kabi klublarda toʻp tepgan", – deyiladi "sherlar" xabarida.
"Oʻzbekistonning eng kuchli jamoasida toʻp tepishimdan xursandman. Tugʻilgan yilimga monand 94-raqamni tanlayman va "Paxtakor" muxlislarini oʻz gollarim bilan xursand qilaman", – deydi Riaskos.
Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida "Paxtakor"ga kolumbiyalik hujumchi kelayotgani haqida xabar bergan edik.
Manba: "Paxtakor" matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar