
Bugun, soat 21:00 da Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida JCH-2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z maydonida Qirg‘iz Respublikasi futbolchilari bilan maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv milliy terma jamoaning bosh murabbiyi Timur Kapadze uchun jamoa boshqaruvidagi ilk rasmiy o‘yin sifatida tarixga kiradi.
Muxlislar orasida taniqli sport jurnalisti Tolibjon Qosimov o‘zi taxmin qilgan tarkibni e’lon qildi:
Darvozabon:
O‘tkir Yusupov.
Himoyachilar:
Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullayev, Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Farrux Sayfiyev.
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov.
Hujumchilar:
Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev, Jaloliddin Masharipov.
Ushbu tarkibning o‘ziyoq bugungi bahsda milliy termamiz faqat g‘alabaga intilishini va muxlislarning ham o‘yinga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Ayniqsa, bosh murabbiy Timur Kapadzening ilk rasmiy bahsda qanday taktikalar bilan maydonga chiqishi muxlislar uchun katta qiziqish uyg‘otyapti.
Terma jamoamiz saralash bosqichini muvaffaqiyatli davom ettirish uchun muhim g‘alaba qozonish niyatida. Stadionni to‘ldirgan muxlislar esa bugungi bahsda milliy jamoaga jiddiy ruhiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar