
SSKA bosh direktori Roman Babayev jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga «Galatasaroy» qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Men ham sizlar kabi bu xabarni internetdan o‘qidim. Abbos bo‘yicha hech qanday aniq taklif bo‘lmadi. Qishda ham unga hech qanday taklif tushmadi», — dedi Roman Babayev.
Eslatib o‘tamiz, Abbos 2023 yilning yozidan beri moskvaliklar safida harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsum futbolchi 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchimizni 8 million yevroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar