date
views 6 875

Klaudio Raneri Eldor Shomurodovning kechagi o‘yini haqida nimalar dedi?

Klaudio Raneri Eldor Shomurodovning kechagi o‘yini haqida nimalar dedi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasining muhim o‘yinida o‘z jamoasining qahramoniga aylandi. "Verona" bilan kechgan keskin va qiyin o‘yinda Eldor kiritgan yagona gol rimliklarga qimmatli g‘alabani taqdim etdi.

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoaning "Verona" ustidan 1:0 hisobida qozongan g‘alabasidan so‘ng o‘yin va bir necha futbolchilarga baho berib o‘tdi. Murabbiy futbolchilarning fidokorona harakatlarini alohida e’tirof etdi va Chempionlar ligasi yo‘lidagi kurashda muxlislar qo‘llovining ahamiyatiga to‘xtaldi.

"O‘yinni qanday tasavvur qilgan bo‘lsak, shunday og‘ir kechdi. Raqibda juda tezkor va birga-birda usta ikki hujumchi bor. Biz g‘alabani Sulening aniq harakati va Kristantening ajoyib uzatmasi orqali qo‘lga kiritdik. Shomurodov ham yaxshi o‘ynadi. Yigitlar azob chekdi — menga shunday o‘yin yoqadi.

Chempionlar ligasi haqida orzu bor, lekin bunga erishish uchun harakat kerak. Bu oson yurish bo‘lmaydi. Yil boshida chempionatni yomon boshladik, lekin uni chiroyli yakunlash niyatidamiz.

Yangi murabbiyga jamoani shakllantirish uchun vaqt berish kerak. Men bilan yana bir yil qolish – bu bekor ketgan yil bo‘ladi. O‘zimni chetga olishim to‘g‘ri bo‘ladi. Mening ishim tugadi. Qaytganimning o‘zi ham katta gap" - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsum 29 yoshli hujumchi uchun samarali kechmoqda. Eldor Shomurodov "Roma" tarkibida joriy mavsumda 32 ta o‘yinda ishtirok etgan holda, raqib darvozasiga 7 marta gol kiritdi va jamoadoshlariga 2 marta golli uzatmalar amalga oshirdi.

Bu g‘alaba bilan "Roma" klubi Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga yana bir qadam yaqinlashdi va muxlislarning umidlari yanada oshdi. Endi navbatdagi uchrashuvlarda ham Eldorning muvaffaqiyatli o‘yinlarini kutamiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klaudio Raneri Eldor Shomurodovning kechagi o‘yini haqida nimalar dedi?