date
views 57

Xalqaro konkur musobaqalari: o‘zbekistonlik chavandozlar shohsupaga ko‘tarilishdi

Xalqaro konkur musobaqalari: o‘zbekistonlik chavandozlar shohsupaga ko‘tarilishdi
Ayni kunlarda Toshkentdagi “Universal horses stable” ot sporti klubida ot sportining nufuzli yo‘nalishlari — konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqalar "CSI1-W" Jahon kubogi hamda "AEF Cup" Osiyo kubogi doirasida tashkil etilmoqda.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli sport tadbirida o‘zbekistonlik chavandozlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir necha yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindor bo‘lishmoqda.

Jumladan, «Competition 3» yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan 125 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratish bahslarida hamyurtimiz Bekzod Qurbonov o‘zining «Santos Hippica» laqabli tulpori bilan oltin medalga ega chiqdi. Ushbu yo‘nalishda yana bir vakilimiz Alisherjon Erkinov «Etos» oti bilan uchinchi pog‘onani egallab, bronza medali sohibi bo‘ldi.

Gran-pri saralash bosqichi bo‘lgan «Competition 4» yo‘nalishida esa, 145 santimetr balandlikdagi to‘siqlardagi bellashuvda yana Bekzod Qurbonov o‘z mahoratni ko‘rsatdi. U «Quintus HB» nomli tulpori bilan eng yuqori natijani qayd etdi.

Shuningdek, ushbu bosqichda Saidamirxon Turg‘unboyev «Calleko» oti bilan hamda Xurshidbek Alimjonov «Quintus HB» tulporida yuqori natijalarni qayd etishib, kuchli uchlikdan joy olishdi.

«AEF Cup» Osiyo kubogi doirasida o‘tkazilgan musobaqaning 115 santimetrlik to‘siqlardagi bellashuvlarida Bahromjon G‘oziyev o‘zining «Jodcasalla A» nomli otida kumush medalini qo‘lga kiritdi. Saidamirxon Turg‘unboyev esa «Jordy» otida sovrindorlar orasida bronza medali bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonlik chavandozlarimizning mazkur xalqaro turnirlardagi bu kabi muvaffaqiyatli ishtiroklari mamlakatimizda ot sportining rivojlanib borayotganidan dalolatdir. Ushbu natijalar hamda sportchilarimizning xalqaro tajribalari yosh avlod uchun ham munosib namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xalqaro konkur musobaqalari: o‘zbekistonlik chavandozlar shohsupaga ko‘tarilishdi