O‘zbek yoshlari Angliyaga jo‘nab ketdi: KPRda muhim sinov boshlanadi

1 daqiqa o'qish2.3K
O‘zbek yoshlari Angliyaga jo‘nab ketdi: KPRda muhim sinov boshlanadi
O‘zbekiston futbolining iqtidorli yoshlari xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. “Paxtakor” klubi hujumchisi Saidumarxon Saidnurullayev hamda “Surxon” safida to‘p suruvchi ikki yosh futbolchi — Behruz Karimov va Behruz Shukurullayev Angliyaning mashhur “Kuinz Park Reynjers” (KPR) klubida ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga yo‘l olishdi.

Toshkent-Istanbul orqali Londonga yo‘l olgan bu uchlik futbolchi ikki hafta mobaynida KPR yig‘inida ishtirok etadi. Bu jamoa 1882 yilda tashkil topgan bo‘lib, Angliya Chempionshipida (APLdan pastki divizion) ishtirok etadi. Jamoa o‘z uchrashuvlarini “Loftus Roud” stadionida o‘tkazadi. Mutaxassislar rahbarligidagi ushbu yig‘in yosh futbolchilarning kelajakdagi professional faoliyati uchun katta imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Saidnurullayev 2005 yilda tug‘ilgan bo‘lib, “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bu mavsum O‘zbekiston kubogida 1 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Uning maydondagi harakatlari ko‘plab mutaxassislarning e’tiborini tortgan.

Behruz Shukurullayev esa 2006 yilda tug‘ilgan chap qanot futbolchisi bo‘lib, “Odil Ahmedov” akademiyasida tajriba orttirgan. U “Surxon” safida 4 uchrashuvda maydonga tushgan.

Karimov 2007 yilda tug‘ilgan, o‘ng qanot himoyachisi. U ham “Odil Ahmedov” akademiyasining tarbiyalanuvchisi va joriy mavsumda 6 ta o‘yinda qatnashgan.

Ushbu uch futbolchi “Football Group” agentligi orqali London safarini amalga oshirmoqda. Mazkur agentlik nafaqat yoshlarni, balki Abduqodir Husanov kabi yetakchi futbolchilarni ham xalqaro maydonda himoya qilib kelmoqda.

KPRdagi ko‘rik nafaqat shaxsiy faoliyat, balki o‘zbek futboli nufuzi uchun ham katta ahamiyatga ega. Agar yoshlarimiz bu imkoniyatdan unumli foydalanishsa, yaqin kelajakda ularni Yevropaning yetakchi klublarida ko‘rishimiz mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?