Superliganing 19-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuvda "Xorazm" "Qizilqum" bilan kuch sinashib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi yagona golni 9-daqiqada Shahzodbek Rahmatullayev kiritdi. Uning goli o‘yin taqdirini hal qilgan holda, jamoasining 3 ochko olishini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Qizilqum" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 25 taga yetkazib olib, 8-pog‘onadagi "Surxon"ni quvib o‘tdi. "Xorazm" esa 19 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.
"Xorazm" — "Qizilqum" 0:1
Gol: Shahzod Rahmatullayev (Roman Papariga) 10, 0:1
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar