
Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» futbol klubi «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi. O‘yinchiga yiliga soliqlarni olib tashlaganda 100 million evrolik maosh berilmoqchi, deb yozmoqda Tribuna.uz.
Futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 30 iyun kuni o‘z yakuniga etadi. Ispaniya OAV ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» Messiga ish haqi 35 million evrolik yangi shartnoma taklif etish niyatida, biroq argentinalik unga imzo chekishni istamayapti.
Ma’lumot uchun, «Xebey Chayna Forchun» klubida Manuel Pellegrini bosh murabbiy sifatida ishlamoqda. U avval Angliyaning «Manchester Siti» va Ispaniyaning «Real» jamoalarini boshqargan. Klub tarkibida bir qator taniqli futbolchilar to‘p suradi – ular orasida Gael Kakuta, Esekel Lavessi, Stefan Mbia va Jervino bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar