date

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi: «Haqiqatan ham hayajonli qur’a»

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi: «Haqiqatan ham hayajonli qur’a»

Avstriya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik jahon chempionati qur’asi natijalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Uning jamoasi J guruhiga tushdi va u yerda Argentina, Jazoyir va Iordaniya bilan bellashadi.

"Menimcha, bu haqiqatan ham hayajonli qur’a. Yevropa jamoalari bilan uchrashmasligimizni yaxshi tomoni deb bilaman.

Shuningdek, so‘nggi yillarda uchrashmagan raqiblar bilan o‘ynashimiz ham ijobiy holat. Turnirni 16-iyunda boshlashimiz esa moslashish uchun vaqt beradi", — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi crone.at.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ular skautlar bo‘limidan allaqachon ayrim ma’lumotlarni olishgan va endi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun to‘g‘ri raqiblarni tanlashga harakat qilishadi. "Biz bu turnirni intiqlik bilan kutyapmiz.

Butun mamlakat futbol shukuhiga cho‘mgan va musobaqaning boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Keyin nima bo‘ladi?

Biz borib yashash joylarini o‘rganamiz", — dedi Rangnik. Shu bilan birga, u qur’a marosimidan to‘liq qoniqmaganini ham ta’kidladi.

"Bir soat davomida futbol haqida emas, boshqa mavzular haqida gapirildi. Ammo umuman olganda bu yaxshi tashkil etilgan shou bo‘ldi", — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Hozirda Avstriya FIFA reytingidan 23-o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi: «Haqiqatan ham hayajonli qur’a»