
Italiyaning «Milan» klubi yarim himoyachisi Ardon Yashari Xorvatiya va Yevropa futboli afsonasi Luka Modrich bilan bir jamoada harakat qilayotganidan mamnunligini bildirdi. O'tgan yozda tajribali futbolchi Madridning «Real» klubini tark etib, «Milan» safiga qo'shilgandi.
«U bilan birga o'ynash aql bovar qilmas darajada. Bu faqat men uchun emas, butun jamoa uchun shunday.
Biz o'xshash pozitsiyada o'ynaymiz va men undan ko'p narsani o'rganayapman. Ayniqsa Modrichning g'alabaga chanqoq, chempionlik ruhiyati juda katta taassurot qoldiradi», — deya Yasharining so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o'tamiz, hozirda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Birinchi pog'onani esa «Inter» egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.