Jahon chempionlari Prezident sovg‘alari bilan taqdirlandi

1 daqiqa o'qish195
Jahon chempionlari Prezident sovg‘alari bilan taqdirlandi

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida karate WKF hamda taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda oliy marralarni zabt etgan chempionlar, sovrindorlar va ularning ustoz-murabbiylari e’tibor markazida bo‘ldi.

Marosim davomida sportchilarga davlatimiz rahbarining qimmatbaho sovg‘alari hamda munosib pul mukofotlari topshirildi. Bu esa mamlakatimizda sportga bo‘lgan yuksak e’tibor, mehnat va g‘alabaning qadri qanchalik baland ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Ayniqsa, sport tariximizda ilk bor ayollar o‘rtasida karate WKF bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Gulshan Alimardonova hamda o‘n yillik tanaffusdan so‘ng taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekistonga jahon chempionligi olib kelgan Najmiddin Qosimxojiyev alohida e’tirof etildi. Ushbu ikki chempionga “BYD Song Plus” avtomobili va 15 ming AQSH dollaridan pul mukofoti topshirildi.

Shuningdek, jahon chempionatlarida kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lgan sportchilar hamda ularni katta g‘alabalarga tayyorlagan murabbiylar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularga ham bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi.

Bu kabi e’tirof va rag‘bat sportchilar uchun yangi zafarlar sari kuchli motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi, o‘zbek sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishi shubhasiz.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?