O‘zbekistonda mart oyida ilk bor FIFA Series musobaqasi o‘tkaziladi

FIFA tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan FIFA Series xalqaro musobaqasi doirasida turli konfederatsiyalarga mansub milliy terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Ushbu loyiha oddiy “frendli” emas — mini-turnir formatida o‘tadi: har bir to‘rtlikda 4 ta jamoa qatnashadi va o‘yinlar bir mezbon davlatda markazlashgan tarzda bo‘lib o‘tadi.
Eng qiziq jihati: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan mazkur turnir Markaziy Osiyoda ilk bor aynan O‘zbekistonda o‘tkaziladi va ishtirokchilar rasman e’lon qilindi. Mezbon sifatida O‘zbekistondan tashqari to‘rtlikda Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela milliy terma jamoalari ham maydonga tushadi.
Turnir reglamenti ham muxlislar uchun ancha “tezkor va dramatik”: yarimfinallar o‘tkaziladi, keyin 3-o‘rin uchun bahs va final o‘yini bo‘ladi. Demak, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa ushbu raqiblardan kamida ikkitasiga qarshi kuch sinashadi — ya’ni bir turnir ichida ikki marta jiddiy xalqaro sinov degani.
Mart oyidagi FIFA Series uchun barcha to‘rtliklar quyidagicha:
Avstraliya (mezbon)
Kamerun
Xitoy
Kyurasao
Ozarboyjon (mezbon)
O‘mon
SerraLeone
Sent Lyusiya
Indoneziya (mezbon)
Bolgariya
Solomon orollari
Sent Kits va Nevis
Qozog‘iston (mezbon)
Kuvayt
Namibiya
Qamar orollari
Yangi Zelandiya (mezbon)
Chili
Finlandiya
Kabo-Verde
Puerto Riko (mezbon)
Guam
Samoa
Virjin orollari
Ruanda (mezbon)
Keniya
Estoniya
Grenada
O‘zbekiston (mezbon)
Venesuela
Gabon
Trinidad va Tobago
Qisqasi, mart oyidagi FIFA Series O‘zbekiston uchun ham maydondagi natija, ham xalqaro tajriba, ham muxlislar kayfiyati nuqtayi nazaridan katta imkoniyat. Endi eng asosiysi — bu imkoniyatni o‘yinlarga sifat, ruh va natija qilib aylantirish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!