YECHL pley off bahslari: "Real", PSJ va "Borussiya D" g‘alaba qozondi

Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi tungi bahslar muxlislarga yetarlicha emotsiya ulashdi: kimdir minimal hisobda g‘alaba qozondi, kimdir esa ortdan kelib, haqiqiy superkambek namoyish qildi. Dortmundda esa barcha narsa joy-joyida: xo‘jayinlar ishni erta hal qildi.
Lissabondagi uchrashuvda «Real» «Benfika» maydonida juda ham ehtiyotkor, ammo maqsadli o‘yin ko‘rsatdi. Madridliklar uchun hal qiluvchi epizod ikkinchi bo‘lim boshida keldi: 50-daqiqada Vinisius raqib darvozasini ishg‘ol etib, o‘yin taqdirini bitta zarba bilan o‘zgartirdi. Bahs davomida yana bir shov-shuvli holat ham qayd etildi: Joze Mourinio hakam tomonidan chetlatildi va shu sabab u Madridga bormaydi.
Benfika — Real 0:1
Gol: Vinisius 50.
Benfika – Trubin, Dedich, Arauju, Otamendi, Dal, Shelderup (Sudakov, 74), Eursnes (Kabral, 81), Barreyro, Prestianni, Pavlidis, Silva (Rios, 74).
Real – Kurtua, Trent, Ryudiger, Heysen, Karreras (Karvaxal, 90+9), Guler, Valverde, Kamavinga (Pitarch, 90+4), Chuameni, Vinisius, Mbappe.
Parijdagi kayfiyat esa boshqacha: «PSJ» «Monako»ga qarshi o‘yinda ikki bor ortda qolganiga qaramay, irodani namoyon qildi. Balogunning 1 va 18-daqiqalardagi gollari monegasklarga tezkor ustunlik bergandi. Ammo Luis Enrike shogirdlari bu zarbadan o‘ziga keldi: Due 29 va 67-daqiqalarda dubl qayd etdi, Hakimi esa 41-daqiqada jamoasini o‘yinga qaytargan golni urdi. Shu tariqa parijliklar 2:3 hisobida g‘alabaga erishdi. Qolaversa, Vitinya 22-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.
Monako — PSJ 2:3
Gollar: Balogun 1, 18 – Due 29, 67, Hakimi 41.
Monako – Kon, Vanderson (Bamba, 70), Teze, Zakariya, Balogun, Golovin, Akliush (Diatta, 58), Kayo, Kamara, Adingra (Kulibali, 70), Fayes.
PSJ – Safonov, Hakimi, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh, Nevesh, Zair-Emeri, Barkolya (Ramush, 81), Vitinya, Dembele (Due, 27), Xvicha (Li Kang In, 69).
Noaniq penalti: Vitinya 22.
Dortmundda esa «Borussiya» o‘z uslubini ko‘rsatdi: uchrashuvning 3-daqiqasida Girassi hisobni ochdi, 42-daqiqada esa Bayer farqni ikkitaga yetkazib, «Atalanta» uchun vaziyatni ancha og‘irlashtirdi. 2:0 — «asalarilar» uchun ishonchli va tinch g‘alaba.
Borussiya D — Atalanta 2:0
Gollar: Girassi 3, Bayer 42.
Borussiya D – Kobel, Anton, Bensebaini, Bellinghem, Nmecha (Zabitser, 83), Brandt, Svensson, Riyerson, Rejjiani, Bayer (Adeyemi, 70), Girassi (Silva, 83).
Atalanta – Karnezis, Kossunu, Jimsiti, Kolashinas, Zappakosta (Bellanova, 72), de Roon, Ederson, Bernaskoni, Pashalich, Zalevskiy (Samarij, 82), Skamakka (Krstovich, 46).
Endi navbat — javob o‘yinlari: aynan o‘sha yerda hammasining “real” qiymati bilinadi. Birinchi qadam tashlandi, ikkinchisi esa odatda ancha qattiq bo‘ladi.