Anchelotti JCh-2026 uchun 18 nafar futbolchini tanlab qo'ydi

Anchelotti JCh-2026 uchun 18 nafar futbolchini tanlab qo'ydi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCh-2026 oldidan tarkibning asosiy qismini shakllantirib bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline ESPN Brasil manbasiga tayanib xabar berishicha, italiyalik mutaxassis ro'yxatida hozircha 18 nafar futbolchining ismi bor.

Darvozabon: Alisson Beker.

Himoyachilar: Markinyos, Eder Militao, Gabriel dos Santos, Aleks Sandro, Duglas Santos.

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Andrey Santos, Bruno Gimaraes, Lukas Paketa, Luis Enrike.

Hujumchilar: Mateus Kunya, Rodrigo, Zhoao Pedro, Vinisius Zhunior, Rafinya Dias, Estevao, Gabriel Martinelli.

Shu tariqa, jarohatlar ehtimolini hisobga olmaganda, yakuniy qaydnomada atigi sakkizta bo'sh o'rin qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar