date

Eron Azmunni qora ro‘yxatga kiritib mulkini musodara qilmoqda

Eron Azmunni qora ro‘yxatga kiritib mulkini musodara qilmoqda

Eron hukumati mashhur futbolchi Sardor Azmunga nisbatan jiddiy choralar ko‘rishni boshladi. Manbalarga ko‘ra, u «sionistik rejim va AQSHning terroristik hukumatiga yordam bergan»likda gumon qilingan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.

26 mart kuni Golestan viloyati bosh prokurori 16 nafar fuqaroning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan mol-mulkini musodara qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Fars News Agency xabariga ko‘ra, ushbu “qora ro‘yxat”da 31 yoshli hujumchi Sardor Azmun ham bor.

Bu voqea futbolchi atrofidagi bahslarni yanada kuchaytirdi. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida uni milliy jamoa safidan chetlatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga sabab sifatida uning ijtimoiy tarmoqlarda Muhammad ibn Rashid Al Maktum bilan tushgan suratini joylashtirgani keltirilgan.

Foto: Getty Images / Hujumchi 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab BAAning «Shabob Al Ahli» klubida to‘p tepmoqda.

Ayrim eronlik futbol tahlilchilari bu harakatni hukumat siyosatiga nisbatan “sadoqatsizlik belgisi” sifatida baholagan. Shu bois mazkur holat nafaqat sport, balki siyosiy doiralarda ham katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu kabi qarorlar futbolchining faoliyati va xalqaro imijiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Endi e’tibor ushbu ish qanday yakunlanishi va Azmunning keyingi taqdiri qanday bo‘lishiga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eron Azmunni qora ro‘yxatga kiritib mulkini musodara qilmoqda