Eron milliy terma jamoasi mundial uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi

1 daqiqa o'qish342
Eron milliy terma jamoasi mundial uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lajak jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qiladigan futbolchilarning yakuniy tarkibini e'lon qildi.
  • «Forslar» tarkibidan tajribali o'yinchilar, mahalliy chempionat yulduzlari hamda xorijda to'p surayotgan futbolchilar o'rin oldi.
  • Jamoa musobaqaning guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahslarda maydonga tushadi.

Dunyo nigohi qadalgan futbol bo‘yicha jahon chempionati starti arafasida Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lajak musobaqada mamlakat sharafini himoya qiladigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini jamoatchilikka oshkor etdi. «Forslar» bu galgi dunyo birinchiligiga ancha tajribali va mahalliy chempionat yulduzlaridan iborat bo‘lgan kuchli tarkib bilan yo‘l olmoqda.

Quyida bo‘lajak mundialda Eron sharafini himoya qiluvchi futbolchilarning to‘liq qaydnomasi bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar

Mas’uliyatli chiziq vakillari orasida yana o‘sha tanish chehralar. Darvozani qo‘riqlash mahalliy grand klublar posbonlariga ishonib topshirilgan:

  • Alirizo Biyronvand («Traktor»)

  • Husayn Husayni («Sipoxon»)

  • Payam Niyozmand («Persepolis»)

Himoyachilar

Mudofaa chizig‘idan ham asosan Eron ichki chempionatida to‘p surayotgan, jismoniy jihatdan baquvvat va tajribali himoyachilar o‘rin olgan:

  • Shoja Halilzoda («Traktor»)

  • Husayn Kanoniy («Persepolis»)

  • Ali Nemati («Fulad»)

  • Daniyal Eyri («Malavan»)

  • Ehson Hojisafi («Sipoxon»)

  • Milod Muhammadi («Persepolis»)

  • Solih Hardani («Istiqlol»)

  • Ramin Rizoiyon («Fulad»)

Yarimhimoyachilar

Terma jamoaning "o‘zak" qismi esa ancha mazmunli ko‘rinish olgan. Maydon markazi va qanotlarda ham mahalliy, ham xorijda faoliyat yuritayotgan kreativ futbolchilar harakat qiladi:

  • Saman G‘oddos («Kalba»)

  • Said Izzatullohiy («Shabob Al Ahli»)

  • Ro‘zbeh Chashmi («Istiqlol»)

  • Amir Muhammad Razagniya («Istiqlol»)

  • Muhammad G‘orbani («Al Vahda», BAA)

  • Mahdiy Gayedi («An Nasr», BAA)

  • Ariya Yusufi («Sipoxon»)

  • Alirizo Jahonbaxsh («Dender»)

  • Mayhdiy Turobiy («Traktor»)

  • Muhammad Mohebi («Rostov»)

Hujumchilar

Jamoaning hujum chizig‘i raqib himoyachilariga anchagina bosh og‘rig‘i tug‘dirishi aniq. Sababi, hujumda Yevropa yashil maydonlarida toblangan va BAA chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish etayotgan forvardlar jam bo‘lishgan:

  • Mahdiy Toremiy («Olimpiakos»)

  • Amirhusayn Husaynzoda («Traktor»)

  • Denis Dargohi («Standard»)

  • Ali Alipur («Persepolis»)

  • Shahriyor Mog‘anlu («Kalba»)

Ma’lumot uchun: Eron milliy terma jamoasi bo‘lajak jahon chempionatining guruh bosqichida oson bo‘lmagan kvartetdan joy olgan. Vakillarimiz pley-off yo‘llanmasi uchun Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi jiddiy bahslarda maydonga tushishadi. Navbatdagi mundialda eronlik futbolchilarga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?