Fabio Kannavaro uchrashuv tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidladi

Fabio Kannavaro uchrashuv tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidladi

FIFA Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiy Fabio Kannavaro o‘yin qiziqarli kechganini va jamoa ayniqsa ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qilganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tanaffusdan keyin o‘yinni o‘zgartirishga erishilgan va ayniqsa chap qanot orqali xavfli vaziyatlar yaratilgan.

«O‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik. Kolumbiya kabi jamoaga qarshi to‘psiz harakat qilish oson emas», — dedi murabbiy.

Fabio Kannavaro O‘zbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyon etish maqsadida maydonga tushganliklarini ham qayd etdi.

Uning ta’kidlashicha, jamoa ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan, ammo afsuski, gol o‘tkazib yuborgan.

«Biz bu stadiondagi ushbu o‘yinni eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy o‘yin. Biz Jahon chempionatidamiz. Bugungi o‘yin biz uchun foydali bo‘ldi. Xatolar bo‘ldi va ular ustida ishlaymiz», — dedi Kannavaro.

Uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasining 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Kolumbiya terma jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

K guruhi futbol turnir jadvalida Kolumbiya, Kongo, Portugaliya va O‘zbekiston jamoalari o‘rin olgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar