Abdulla Qodiriy ko‘chasida yangi burilish joyi ochildi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish sxemasini o‘zgartirib, yangi burilish joyini ochdi. Ushbu o‘zgarish tufayli haydovchilar uchun qo‘shimcha masofa 2 kilometrdan 500 metrgacha qisqartirildi va burilishga sarflanadigan vaqt o‘rtacha 2 daqiqagacha kamaydi. Natijada har bir haydovchi manzilga tezroq yetib borish orqali 4–6 daqiqagacha vaqt tejash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish sxemasini o‘zgartirdi.
Avval Ekopark tomonidan kelayotgan haydovchilar Movarounnahr va Mahatma Gandi ko‘chalariga chiqish uchun 2 kilometrdan ortiq qo‘shimcha masofa bosib o‘tishga majbur edi.
Yangi tashkil etilgan burilish joyi tufayli mazkur masofa 500 metrgacha qisqartirildi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu o‘zgarish haydovchilarga manzilga tezroq yetib borish imkonini beradi.
Natijada burilishni amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqt avvalgi 6–8 daqiqadan o‘rtacha 2 daqiqagacha kamaygan.
Bu esa har bir haydovchi uchun 4–6 daqiqagacha vaqt tejash imkonini yaratmoqda.
YHTEM ma’lumotiga ko‘ra, yangi harakat sxemasi atrofdagi ko‘chalarga tushadigan yuklamani kamaytirish va ortiqcha transport oqimini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur yechim ortiqcha yo‘l bosish masofasini qariyb 75 foizga qisqartirish imkonini bergan.































Izohlar 0
…