Rustam Ashurmatov: Beshta gol o‘tkazishni hazm qilish qiyin

1 daqiqa o'qish364
Rustam Ashurmatov: Beshta gol o‘tkazishni hazm qilish qiyin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.
  • Himoyachi Rustam Ashurmatov kuchli raqamli jamoaga qarshi o'yin katta tajriba berganini, biroq beshta gol o'tkazib yuborishni hazm qilish qiyinligini ta'kidladi.
  • Shuningdek, futbolchi dastlabki ikki bahsda yo'l qo'yilgan xatolar asosiy omil bo'lganini tan olib, bu mag'lubiyatni tezroq unutish zarurligini aytdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Oq bo‘rilar» bahsda 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ashurmatovning ta’kidlashicha, Portugaliyadek kuchli jamoaga qarshi maydonga tushish har qanday natijada ham katta tajriba beradi. Biroq himoyachi uchun beshta gol o‘tkazib yuborishni qabul qilish oson emas.

«Yutamizmi yoki mag‘lub bo‘lamizmi, Portugaliyaga qarshi o‘yin har qanday holatda ham katta tajriba. Lekin beshta gol o‘tkazib yuborish juda ko‘p. Himoyachi sifatida buni hazm qilish qiyin bo‘lyapti», — dedi Ashurmatov.

Futbolchi jamoa hali guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazmaganini eslatib, Portugaliyadan qabul qilingan mag‘lubiyatni tezroq unutish va oldindagi bahsga e’tibor qaratish zarurligini aytdi.

«Hali uchinchi o‘yinimiz ham bor. Bu mag‘lubiyatni unutishga harakat qilishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ashurmatov milliy jamoa dastlabki ikki turda juda ko‘p gol o‘tkazib yuborganini tan oldi. Uning fikricha, bunda himoya chizig‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar asosiy omillardan biri bo‘lgan.

«Dastlabki ikkita bahsda juda ko‘p gol o‘tkazib yubordik. Bu ko‘proq himoyachilarning xatosi», — dedi futbolchi.

Shunga qaramay, himoyachi jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolishiga va so‘nggi uchrashuvda g‘alaba qozonishiga umid bildirdi.

«Uchinchi uchrashuvda imkoniyat qolishiga va keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishga umid qilamiz», — deya ta’kidladi Ashurmatov.

Futbolchi Aziz G‘aniyevning bekor qilingan goli haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, o‘sha vaziyatda qoidabuzarlik bor-yo‘qligi bahsli bo‘lgan.

«G‘aniyevning golida fol 50ga 50 edi, deb o‘ylayman. Agar hakam golni hisoblaganida, portugaliyaliklar ham ko‘p e’tiroz bildirmagan bo‘lardi», — dedi u.

Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. «Oq bo‘rilar» ushbu bahsda mundialdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritish uchun kurashadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?