«Manchester Siti» 19 yoshli vinger uchun 25 million yevro to‘ladi

«Manchester Siti» 19 yoshli vinger uchun 25 million yevro to‘ladi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi Fransiyaning «Trua» jamoasi vingeri Matis Deturbeni o‘z safiga qo‘shib oldi.

«Trua» matbuot xizmati 19 yoshli futbolchining «shaharliklar» safiga o‘tganini rasman e’lon qildi. E’tiborlisi, har ikki klub ham City Football Group tarkibiga kiradi.

Zamin.uz ushbu ehtimoliy transfer haqida 2025 yil 19 dekabrdayoq xabar bergan edi. Saytimizda o‘sha kuni «Matis Deturbe “Manchester Siti” klubini tanlashi mumkin» sarlavhasida maqola e’lon qilingandi. Oradan bir necha oy o‘tib, mazkur transfer rasman tasdiqlandi.

L'Équipe nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti» yosh futbolchi uchun 25 million yevro to‘lagan.

Biroq Deturbe yangi mavsumni Manchesterda boshlamasligi mumkin. Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» uni yaqin kunlarda «Monako»ga sotib olish huquqi bilan ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Matis Deturbe o‘tgan mavsum Fransiya Liga 2 musobaqasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar