JCH-2026. 1/16 final. Germaniya – Paragvay 1:1 (3:4) (gollar videosi)

Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Germaniya va Paragvay terma jamoalari o'zaro to'qnash kelib, asosiy va qo'shimcha bo'limlarda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. 29 iyun kuni Foksboroda bo'lib o'tgan bahsda nemislar safidan Haverts 54-daqiqada gol urgan bo'lsa, paragvayliklardan Ensiso 42-daqiqada o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Hal qiluvchi penaltilar seriyasida 3:4 hisobida g'alaba qozongan Paragvay vakillari keyingi bosqichga yo'l oldi.
Jahon chempionatida 1/16 final bosqichining uchinchi juftligida Germaniya va Paragvay o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa Lotin Amerikasi vakillariga omad kulib boqdi. Germaniyaliklardan Haverts, Voltemade va Ta 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi.
Shu tariqa «nemis mashinasi» mundiallarda ilk bor «lotereya»da yutqazdi.
Endi Paragvay 1/8 finalda Fransiya — Shvetsiya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. 1/16 final
Germaniya — Paragvay 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:4.
29 iyun, Foksboro.
Gollar: Haverts (54) — Ensiso (42).































Izohlar 0
…