O‘zbekiston futboli faxri Eldor Shomurodov 31 yoshni qarshi oldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori hamda Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov kecha, 31 yoshni qarshi oldi.
Iqtidorli futbolchi 1995 yil 29 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. U futbolga ilk qadamlarini 6 yoshida qo‘ygan va shundan buyon o‘zining mehnati hamda iste’dodi bilan yurtimizning eng mashhur futbolchilaridan biriga aylandi.
Faoliyati davomida Shomurodov O‘zbekistonning "Mash’al" va "Bunyodkor", Rossiyaning "Rostov", Italiyaning "Jenoa" va "Roma" klublari safida muvaffaqiyatli to‘p surdi. 2025 yilda u "Roma"dan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga ijara asosida o‘tdi. Keyinchalik turk klubi futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib oldi.
Minglab futbol muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Eldor Shomurodovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga yangi mavsumda ulkan muvaffaqiyatlar tilamoqda.






























Izohlar 0
…