To‘yxonada svet o‘chdi, Munisa Rizayeva barchani hayratda qoldirdi (video)

Xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi videolarida o‘zini biroz tobi yo‘qligi, holsiz his qilayotganini aytgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, u sog‘lig‘i tiklangani va yana to‘y xizmatlariga qaytgani haqida ham muxlislariga xabar berdi.
Xonandaning navbatdagi chiqishlaridan birida esa kutilmagan holat yuz berdi. To‘y davomida to‘yxonada elektr ta’minoti uzilib, zal bir muddat chiroqsiz qoldi. Shunga qaramay, Munisa Rizayeva mehmonlarning kayfiyati tushib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Musiqachilar jonli ijroda kuy chalishda davom etishdi, Munisa esa shu kuy sadolari ostida raqsga tushib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Xonanda ushbu videoni Instagram sahifasiga joylab, "To‘yxonada svet o‘chib qoldi, lekin biz buni shunday qoldirmadik", deya izoh qoldirdi.
Video qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Kuzatuvchilar xonandaning vaziyatdan ustalik bilan chiqqanini e’tirof etib, uning professionalligi va sahnadagi samimiyatini yuqori baholashdi. Izohlarda ko‘pchilik Munisa Rizayevaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, har qanday vaziyatda tomoshabin kayfiyatini ko‘tara olishini alohida ta’kidladi.






























Izohlar 0
…