Sevinch Mo‘minova bugun 44 yoshni qarshi oldi

Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekiston xalq sevgan xonandalaridan biri Sevinch Mo‘minova 44 yoshni qarshi oldi.
San’atkor 1982 yil 30 iyunda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida san’atkorlar oilasida tavallud topgan. U bolaligidan san’atga mehr qo‘ygan bo‘lib, 5–6 yoshidayoq kuylagan qo‘shiqlari bilan atrofidagilarni hayratga solgan.
Sevinch Mo‘minova ijodiy faoliyati davomida ko‘plab hit qo‘shiqlari bilan muxlislar mehrini qozongan. San’atdagi xizmatlari uchun u Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan ham taqdirlangan.
Xonanda 2010 yilda hamkasbi Sharof Muqimov bilan oila qurgan. Ularning Leyla ismli qizi bor. Keyinchalik er-xotin ajrashgan. Hozirgi kunda Sevinch Mo‘minova turmush qurmagan.
Xonandaning muxlislar qalbidan joy olgan eng mashhur taronalari quyidagilar:
"Ko‘ylagim",
"Va’da berma",
"Olib ket",
"Yolg‘onchi yor",
"Bolajonim",
"Oshiqam",
"Baxtim",
"Qo‘rqma qalbim",
"Zolim",
"Ne bo‘ldi".
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning muxlislari va yaqinlari uni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt hamda ijodiy zafarlar tilamoqda. Izohlarda Sevinch Mo‘minovaga atalgan iliq tilaklar va tabriklar tobora ko‘payib bormoqda.






























Izohlar 0
…