Portugaliya – Ispaniya: futbolchilarga qo‘yilgan ballar

1 daqiqa o'qish4.6K
Portugaliya – Ispaniya: futbolchilarga qo‘yilgan ballar
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ispaniyaning Portugaliya ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng Flashscore portali uchrashuv ishtirokchilariga berilgan ballarni e'lon qildi.
  • Maydondagi eng yuqori ko‘rsatkichni 8,3 ball to‘plagan Ispaniya yarim himoyachisi Rodri qayd etdi.
  • O‘yin taqdirini hal qilgan Mikel Merino 85-daqiqada maydonga tushib, 90+1-daqiqada gol urdi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Ispaniyaning Portugaliya ustidan qozongan g‘alabasidan keyin Flashscore portali uchrashuv ishtirokchilariga baho berdi. Maydondagi eng yaxshi ko‘rsatkich Rodrida qayd etildi. Ispaniya yarim himoyachisi 8,3 ball bilan bahsning eng yuqori bahosini oldi.

Rodridan keyin Lamin Yamal 7,7 ball to‘pladi. Unai Simonga 7,5, Dani Olmoga 7,4 va Pedro Porroga 7,1 ball berildi. Ferran Torres zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa-da, 7,3 ball bilan baholandi.

Ispaniyaning to‘liq baholari:

• Unai Simon — 7,5
• Pedro Porro — 7,1
• Pau Kubarsi — 6,3
• Emerik Lyaport — 6,4
• Mark Kukurelya — 6,5
• Rodri — 8,3
• Aleks Baena — 6,7
• Pedri — 6,6
• Lamin Yamal — 7,7
• Dani Olmo — 7,4
• Mikel Oyarsabal — 6,4
• Ferran Torres — 7,3

O‘yin taqdirini hal qilgan Mikel Merino 85-daqiqada maydonga tushdi. U 90+1-daqiqada gol urib, Ispaniyani keyingi bosqichga olib chiqdi.

Portugaliya safida darvozabon Diogu Koshta eng yaxshi natijani qayd etdi. U 7,1 ball oldi. Markaziy himoyachilar Renatu Veyga va Ruben Diashga 6,8 balldan berildi.

Jamoa sardori Krishtianu Ronalduga 6,4 ball qo‘yildi. Xuddi shunday baho Joau Feliks va Joau Kanseluga ham berilgan. Brunu Fernandesh 6,7 ball oldi.

Portugaliya futbolchilarining baholari:

• Diogu Koshta — 7,1
• Nunu Mendesh — 6,6
• Renatu Veyga — 6,8
• Ruben Diash — 6,8
• Joau Kanselu — 6,4
• Joau Nevesh — 6,5
• Vitinya — 5,6
• Pedru Netu — 5,7
• Brunu Fernandesh — 6,7
• Joau Feliks — 6,4
• Krishtianu Ronaldu — 6,4
• Nelson Semedu — 6,0
• Rafael Leau — 6,7
• Diogu Dalot — 6,4

Portugaliya tarkibida eng past ball Vitinyaga qo‘yildi. U 5,6 ball olgan bo‘lsa, Pedru Netuning bahosi 5,7 ni tashkil qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?